Xitoyda dunyodagi eng quvvatli kollayder quriladi
Xitoy ilm-fan uyushmasi 2030 yilgacha dunyodagi eng quvvatli kollayder qurish niyatida, deya xabar beradi «Gazeta.ru».
Loyiha qiymati 35 milliard yuanga (5,5 milliard AQSh dollari) baholanmoqda.
Pekindagi Yuqori energiyalari fizika instituti direktori Van Ifanning aytishicha, kollayderning barpo etilish joyi hali ma’lum emas.
«Kollayder aylanasi uzunligi 100 kilometrni tashkil qilib, u jami 240 gigaelektronvoltgacha energiya beradi. Bu inshoot barpo etilsa, har ikkala ko‘rsatkich dunyo rekordini o‘rnatadi», – degan institut direktori.
Shuningdek, Van Ifanning ta’kidlashicha, bu qurilma Yevropadagi ulkan kollayderdan ko‘ra ko‘proq Xiggch bozonlari yasash imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter