Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda valyutafurush firibgarlar ushlandi

Xorazmda valyutafurush firibgarlar ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir iqtisodiy jinoyatga chek qo‘yildi.

Urganch shahrida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda fuqarolar Sabirov, Xusanov, Otaxonov va Sobirov (familiyalar o‘zgartirilgan) oldindan jinoiy til biriktirib, noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgani fosh qilindi. Ushbu fuqarolar bir guruh bo‘lib fuqaro Abdalyazovaga plastik kartochkadan 5 foiz ustama bilan 116 million 550 ming so‘m pullarni yechib olib, naqd shaklda 111 million so‘m pullarni bergan.

Shu pullar evaziga har bir AQSh dollarini 8350 so‘mdan hisoblab, jami 14 ming AQSh dollarini sotishga kelishib, Urganch shahridagi “TAYGA INVEST” MChJ savdo shoxobchasida 14 ming AQSh dollarini sotayotgan vaqtda departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tadbir davomida “TAYGA INVEST” MChJ raxbari Sabirov yog‘och mahsulotlari bilan savdo qilish niqobi ostida fuqarolardan olingan naqd pullarni hisob-raqamiga savdo tushumi sifatida kirim qilib, evaziga AQSh dollarini berib, valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish bilan shug‘ullanib kelgani ham ma’lum bo‘ldi.

Tadbir yakunida, huquqbuzardan 14.000 AQSh dollari va 111 million so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan ushbu huquqbuzarlarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring