Yana ayanchli hodisa. Yana qurbonlar...
![Yana ayanchli hodisa. Yana qurbonlar...](https://xabar.uz/static/crop/2/8/920__95_2809255787.jpg)
Nukus shahri yaqinida 3 ta transport vositasi ishtirokida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Nukus-To‘rtko‘l yo‘lining 225 kilometri (Chilpiq yodgorligi qarshisi)da «Cobalt», «Nexia» va «Damas» o‘zaro to‘qnashib ketgan. YTH natijasida 6 kishi halok bo‘lgan.
«Cobalt»dagi 1 nafar yo‘lovchi, «Nexia»dagi 4 nafar yo‘lovchi va «Damas» haydovchisi voqea joyida jon bergan. «Nyexia» va «Cobalt» haydovchilari shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onadagi avtohalokatda ikki oilaning olti a’zosi qurbon bo‘lgani, Qashqadaryoda ayanchli YTHda yetti kishi hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingandi. Bu hodisalar bir hafta oralig‘ida sodir bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter