Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya parlament binosida nasha topildi

Yaponiya parlament binosida nasha topildi

Foto:«SOFREP.com»

Yaponiya parlamenti binosi yaqinidagi bog‘da nasha o‘sayotgani aniqlandi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

«BBC» ma’lumotlariga ko‘ra, parlamentning yuqori palatasi a’zolarining xizmat ofislari yaqinidagi bog‘chada nasha o‘sayotgani ma’lum bo‘ldi.

Nasha o‘simligini bir ziroatchi ko‘rib qolgan va uni yulib tashlagan.

Nashani bu yerga kim ekkani ma’lum emas.

Senatorlardan biri nasha urug‘ini shamol uchirib kelgan yoki qushlar tashlab ketgan bo‘lishi mumkin deya taxmin qildi.

Kunchiqar yurtda narkotik moddalar iste’mol qilish qattiq taqiqlanadi. Narkotik modda iste’mol qilish u yoqda tursin, hatto uni saqlaganlar ham 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring