Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

HAMAS garovdagi isroilliklarni qo‘yib yuborishni boshlayapti

HAMAS garovdagi isroilliklarni qo‘yib yuborishni boshlayapti

Reuters agentligi va Isroil OAV ma’lumotlariga ko‘ra, HAMAS harakati tomonidan ushlab turilgan garovdagilarni ozod etish jarayoni yaqin soatlarda boshlanadi.

Ozod etish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • Birinchi guruh soat 08:00 da (mahalliy vaqt bilan) Netsarim koridori orqali topshiriladi.
  • Qolgan tirik garovdagilar esa soat 10:00 da Xon-Yunis shahrida ozod etiladi.

12-kanal xabar berishicha, ayrim garovdagi shaxslarning oilalari o‘z yaqinlarini kutuvchi Reim harbiy bazasi tomon yo‘lga chiqqan.

HAMAS ozod etiladigan 20 nafar isroillik garovdagi shaxslarning ismlarini e’lon qildi.

Ular – Bar Kupershteyn, Evyatar David, Yosef-Haim Oxana, Segev Kalfon, Avinatan Or, Elkana Boxbot, Maksim Xerkin, Nimrod Koen, Matan Zangauker, David Kunio, Eytan Xorn, Matan Angrest, Eytan Mor, Gali Berman, Ziv Berman, Omri Miran, Alon Oxel, Gay Gilboa-Dalal, Rom Braslabski va Ariel Koniolardir.

Falastinning Shehab axborot agentligi xabar qilishicha, Qizil Xoch tashkiloti garovdagilarni qabul qilish uchun G‘azo shimolidagi uchrashuv nuqtasiga yo‘l olgan. Isroil armiyasi ma’lum qilishicha, SAHAL keyinroq ozod etiladigan garovdagilarni ham qabul qilishga tayyor.

Isroil OAVsi ayni paytda Qizil Xoch tashkilotining garovdagilar ozod etiladigan birinchi manzilga yetib kelgani haqida yozmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring