Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yosh aktrisaning umriga zomin bo‘lgan haydovchiga qanday chora ko‘rildi?

Yosh aktrisaning umriga zomin bo‘lgan haydovchiga qanday chora ko‘rildi?

Foto: «ircity.ru»

Farangiz Radjimetovani urib yuborgan haydovchiga nisabatan «uy qamog‘i» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi va muayyan shaxslar bilan aloqada bo‘lish, xat-xabar olish va jo‘natish, har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida so‘zlashuvlar olib borish, uy-joyni tark etish singari taqiqlar (cheklovlar) o‘rnatildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatiga tayanib «Repost.uz» xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Ulug‘bek Erkaliyevga nisbatan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasining «uy qamog‘i» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqildi va qanotlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, taniqli aktrisa Farangiz Rajimetova vafot etgan YTH 20-iyul kuni Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgandi. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisani «Mercedes Benz» rusumli mashina haydovchisi, 1995-yilda tug‘ilgan yigit urib yuborgan. Hozirda terov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring