Zelenskiy urush yaqin oylarda tugashi mumkinligini aytdi
Bloomberg agentligining xabar berishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi urush bir necha oy ichida tugashi mumkinligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, AQSh va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi oldingi uch tomonlama muzokaralar konstruktiv bo‘lgan.
«Zelenskiy muzokaralar konstruktiv davom etsa, mojaro bir necha oy ichida tugashi mumkinligini qo‘shimcha qildi», deb yozadi nashr.
Ukraina rahbari shuningdek, yangi muzokaralar bosqichini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, delegatsiyalar 17 yoki 18-fevral kunlari Qo‘shma Shtatlarda uchrashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga roppa-rosa to‘rt yil to‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter