Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada zilzila: 10 kishi halok bo‘ldi (foto+video)

Indoneziyada zilzila: 10 kishi halok bo‘ldi (foto+video)

Foto: «360tv.ru»

Indoneziyaning Lombok orolida 6,4 balli zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

Bino ostida qolib ketgan 10 kishi halok bo‘lgan.

AQSh Geologiya qidiruv markazi (USGS) zilzilani Rixter shkalasi bo‘yicha 6,4 ball ekanini ma’lum qildi.

Yerning 7 kilometr chuqurligida sodir bo‘lgan tabiiy ofat tufayli ko‘plab uylarga jiddiy zarar yetgan.

Indoneziyaning Sumatra orollarida 2004-yil dekarb oyida sodir bo‘lgan 9,1 balli zilzila 230 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring