OTMga kirish imtihonlarini soddalashtirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda 2020-yil 1-mayga qadar Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Bu 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Chora-tadbirlar rejasida:
- tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, olimlar, mahalliy va xorijiy mutaxassislardan iborat maxsus ekspertlar guruhini tashkil etish;
- umumta’lim yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarini unifikatsiyalashtirib, yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va takliflarni keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish;
- tajriba-sinov tariqasida Yagona davlat sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter