Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqobat qo‘mitasi Uzum, Yandeks va boshqalar bo‘yicha murojaatlarni o‘rgandi

Raqobat qo‘mitasi Uzum, Yandeks va boshqalar bo‘yicha murojaatlarni o‘rgandi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan elektron tijorat sohasidagi murojatlar asosida 7.3 mlrd so‘m mablag‘ fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.

Qayd etilishicha, qo‘mitasiga  o‘tgan 2025 yilda  elektron tijorat sohasida 3 100 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, murojaatlardagi e’tirozlarning  aksariyati quyidagi tashkilotlarga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi:

  1. 851 ta (27,8 %) - Uzum Market;
  2. 842 ta (27,6 %) - Uzum Nasiya;
  3. 329 ta (10,8 %) - Yandeks;
  4. 168 ta (5,5 %) -  Texnomart;
  5. 166 ta (5,4 %) - Ishonch;
  6. 150 ta (4,9 %) - Alif shop (alif moliya, alif nasiya);
  7. 115 ta (3,8 %) - Uzum Tezkor;
  8. 56 ta (1,8 %) -   Openshop.uz (https://t.me/RaqobatGovUz);
  9. 54 ta (1,8 %) -   ZoodMall;
  10. 46 ta (1,5 %) - IDEA.

O‘rganish jarayonida iste’molchilar huquqlarining ta’minlanish darajasi baholandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi. Tahlil natijalari sohada mavjud muammolarni aniqlash imkonini berdi. Ayrim murojaatlar tizimli kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, ijobiy tajribalar ham qayd etildi. Shuningdek, ularni tahlil qilish orqali qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar ham tayyorlandi.

Xususan, elektron tijorat sub’yektlarining faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ular tomonidan  amalga oshirilgan xizmatlarda shartnoma va uning shartlari, kafolat muddatidagi servis muammolari, nuqsonli tovarni almashtirish,  reklamalarida noto‘g‘ri ma’lumot berilishi, amalga oshirilgan to‘lovlar va yetkazib berish xizmatida hamda kredit asosida sotib olingan nuqsonli tovarlarni almashtirish kabi qonunbuzilish holatlari hamda kamchiliklar aniqlandi.

Mazkur murojaatlarda qayd etilgan holatlar tashkilotlar tomonidan ijobiy bartaraf etilishlik darajasi ham baholanib, deyarli 84,8 % iste’molchilarning huquqlari himoya qilindi:

  1. IDEA – 46 ta (84,8 %);
  2. Uzum Tezkor – 115 ta (82,6 %);
  3. Ishonch – 166 ta (81,3 %);
  4. ZoodMall – 54 ta (79,6 %);
  5. Texnomart – 168 ta (79,2 %);
  6. Openshop.uz (https://t.me/RaqobatGovUz) – 56 ta (76,8 %);
  7. Alif shop – 150 ta (75,3 %);
  8. Uzum Market – 851 ta (72,7 %);
  9. Uzum Nasiya – 842 ta (71,9 %);
  10. Yandeks – 329 ta (63,5 %).

O‘rganishlar natijasida huquqlari buzilgani  aniqlangan 9,6 mln. nafar iste’molchiga  7.3 mlrd. so‘m miqdorida yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring