«Tolibon» yangi davlatni rasman e’lon qildi
«Tolibon» kecha, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirliklari tuzilganini rasman e’lon qildi. Aynan shu kuni Afg‘oniston Britaniya mustamlakasidan ozod bo‘lgandi.
«Afg‘oniston Islom Amirliklari deklaratsiyasi britan mustamlakasidan ozod bo‘lganimizning 120 yilligiga bag‘ishlanadi. Islom Amirliklari barcha davlatlar bilan yaxshi diplomatik va savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchi. Biz haqimizdagi «hech kim bilan savdo qilmoqchi emas», degan gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», deb yozgan tolibonlar vakili Zabihullo Mujohid.
Tolibonlarning yana vakili Vohidulla Hoshimining Reytersga aytishicha, yangi amirliklarda shariat qonunlari hukmronlik qiladi, hech qanday demokratiya bo‘lmaydi. Amirlikning oliy yetakchisi sifatida Haybatulla Oxunzoda saylangan.
Tolibonlarning afg‘on hukumatini qanday ishg‘ol qilgani haqidagi voqealar xronikasi bu yerda batafsil berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter