Afg‘oniston fuqarolarini Rossiyaga ishlashga jo‘natmoqchi
Gul Hasan.
Afg‘oniston fuqarolarini Rossiyaga ishlashga jo‘natmoqchi — ikki mamlakat o‘rtasida mazkur masala muhokama qilinayotgani haqida TASS agentligiga Afg‘onistonning Moskvadagi elchisi Gul Hasan ma’lum qildi.
«Ikki davlat o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi va (migratsiya masalasida) ijobiy natijalarga erishish uchun asoslar bor», — deb ta’kidladi diplomat.
Hasanning aytishicha, Afg‘oniston aholisi asosan yoshlardan iborat bo‘lib, mamlakat zarurat tug‘ilgan joylarga malakali va professional kadrlarni yuborishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter