AQShda yana Grenlandiya masalasi: Daniya qat’iy norozilik bildirmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp Luiziana shtati gubernatori Jeff Lendrini Grenlandiya bo‘yicha maxsus vakili etib tayinladi. Trampning aytishicha, Lendri «Grenlandiya milliy xavfsizlik uchun qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunadi va mamlakat manfaatlarini qat’iyat bilan himoya qiladi».
Grenlandiyaga egalik qiluvchi Daniya Trampning orolga nisbatan navbatdagi da’volariga keskin norozilik bilan javob berdi. Tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen maxsus vakil tayinlanishini «mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat» deb atadi. Daniya hukumati norozilik bildirish uchun Kopengagendagi AQSh elchisini TIVga chaqirdi.
Tramp ilk prezidentlik muddatidayoq Grenlandiyani anneksiya qilish istagini bildirgan edi. Respublikachining fikricha, bu milliy va «xalqaro xavfsizlik» manfaatlari bilan bog‘liq. Grenlandiya ham, Daniya ham bu da’volarni qat’iyan rad etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter