Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asrni ortda qoldirgan Nazife Gyul: “Vatanni asrang!

Asrni ortda qoldirgan Nazife Gyul: “Vatanni asrang!

Kecha, 29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi tashkil etilganligining 102 yilligini keng nishonladi. Xuddi shu kuni Turkiyaning Elazig‘ shahrida tug‘ilgan Nazife Gyul ham 102 yoshini qarshi oldi

Nazife onaning 7 farzandi va 20 nabirasi bor. U katta yoshiga qaramay, o‘zini yaxshi his qilayotganini bildirib, yoshlarga vatanni asrash va to‘g‘ri yo‘ldan adashmaslikni nasihat qildi.

Zilziladan keyin u o‘g‘li va kelini bilan Elazig‘da davlat ko‘magi bilan ijara uyda yashamoqda.

Oila va ijtimoiy xizmatlar boshqarmasi rahbari O‘mer Faruq Ergyun va xodimlar Nazife onani 102 yoshga to‘lgani hamda Respublika kuni munosabati bilan tort bilan qutlashdi. Nazife ona tort shamlarini o‘chirib, o‘g‘li uchun duo qildi.

U o‘tmishda bayramlar juda quvnoq o‘tganini, askarlarni tomosha qilishganini, madhiyalar aytishganini esladi. Shuningdek, tahsil ololmagani uning eng katta armoni bo‘lganini ta’kidladi.

Uning o‘g‘li Mehmet Gyul onasi har doim bolalarini o‘qishga, tahsil olishga chorlaganini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring