Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir oyda Markaziy Osiyodan Xitoyga 3,87 milliard kubometr gaz yetkazib berildi

Bir oyda Markaziy Osiyodan Xitoyga 3,87 milliard kubometr gaz yetkazib berildi

2021-yil yanvar oyida «Markaziy Osiyo-Xitoy» gaz quvuri orqali Xitoyga 3,87 milliard kubometrdan ziyod tabiiy gaz yetkazib berildi, deb xabar berdi «Turkmenportal».

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oy gaz quvuri uchun kunlik maksimal gaz ta’minoti 153 million kubometrni tashkil etgan.

Xitoy-Markaziy Osiyo gaz quvuri O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasidan boshlanadi, O‘zbekiston va Qozog‘iston hududidan o‘tadi hamda Xitoy-Qozog‘iston chegarasini Xorgos- Shinjon-Uyg‘ur avtonom okrugi orqali kesib o‘tib, bu Xitoyda birinchi transchegaraviy gaz quvuri hisoblanadi.

Ushbu quvur liniyasining umumiy uzunligi 1833 kilometrni tashkil qiladi. Rejalashtirilgan gaz ta’minoti quvvati yiliga 60 milliard kubometr. 2009-yil dekabr oyida foydalanishga topshirilgandan beri, u 11 yildan ortiq vaqt davomida barqaror va xavfsiz ishlaydi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu gaz quvuri orqali tabiiy gaz importi mamlakatda yiliga iste’mol qilinadigan barcha gazning 15 foizidan ko‘pini tashkil qiladi. Quvur liniyasi Xitoyning 27 viloyati, markaziy hukumat shaharlari va avtonom viloyatlari hamda Gonkongdagi 500 million kishini qamrab oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring