Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Boy ota, kambag‘al ota» muallifi oltinning kelajagini bashorat qildi

«Boy ota, kambag‘al ota» muallifi oltinning kelajagini bashorat qildi

Foto: iXBT.com

Mashhur «Boy ota, kambag‘al ota» kitobini yozgan Robert Kiyosakining fikricha, oltin kelajakda 27 ming dollargacha qimmatlashadi (bir troya unsiyasi uchun).

Biroq u bashorati aynan qachon yuz berishini yozmadi.

Birja savdolaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 25-yanvarda bir unsiya (28,3 gramm) oltin tarixda birinchi barcha 5 ming dollardan yuqoriladi.

Jahondagi geosiyosiy vaziyat mavhumlikdan chiqmas ekan, qimmatbaho metallar qiymati yuqorilashda davom etadi, deyishmoqda mutaxassislar. 2025-yilda oltinni qimmatlashtirgan omil aynan shu, AQSh bu yil boshida Venesuelada qilgan ish yonib turgan olovga moy sepdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring