Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilhom Aliyev dunyoda yangi mustamlakachilik kuchayayotgani haqida bong urdi

Ilhom Aliyev dunyoda yangi mustamlakachilik kuchayayotgani haqida bong urdi

Ayni vaqtda dunyo ahli Sharq va G‘arb o‘rtasida «sovuq urush» zamonidan keyingi eng jiddiy ixtilofga guvoh bo‘lmoqda. Bu esa butun kurrai arzda aks sado beradi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 2 mart kuni Boku shahrida boshlangan Qo‘shilmaslik harakati sammitidagi nutqida gapirgan.

«Qo‘shilmaslik harakati BMTdan keyingi ikkinchi yirik xalqaro institut sifatida xalqaro maydonda yanada kuchli va ta’sirchan o‘ringa ega bo‘lishi, yangi dunyo tartibotini shakllantirishda faol qatnashishi kerak. Afsuski, bugun biz yangi mustamlakachilik (neokolonializm) tendensiyasi kuchayib borayotganiga shohid bo‘layotirmiz. Tarixan mustamlakachilikdan xalos bo‘lish jarayonida vujudga kelgan Qo‘shilmaslik harakati insoniyat tarixidagi ushbu sharmandali sahifani butunlay yopish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirmog‘i lozim», – dedi ayni choqda Qo‘shilmaslik harakati raisi ham bo‘lgan prezident I.Aliyev.

Siyosatchi o‘z chiqishida Fransiya davlatini Afrika, Junubi-sharqiy Osiyo va boshqa hududlarda joylashgan, Qo‘shilmaslik harakati a’zosi bo‘lgan mamlakatlarga nisbatan o‘tmishda sodir etilgan kolonial jinoyatlar uchun uzr so‘rash va javobgarlikni tan olishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shilmaslik harakatining Bokuda o‘tayotgan XVIII sammitida 60 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar yetakchilari qatnashmoqda. Nufuzli sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tadbirning yalpi sessiyada nutq so‘zlaydi.

Avval xabar berganimizdek, Sh.Mirziyoyev kecha hamkasbi I.Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring