Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kreml: AQSh bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarda murosaga erishilmadi

Kreml: AQSh bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarda murosaga erishilmadi

Foto: Sputnik

Moskvada AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner ishtirokida o‘tgan besh soatlik muzokaralardan so‘ng Kreml muzokaralar «yaxshi ruhda o‘tganini» bildirdi, ammo asosiy masalalar bo‘yicha kelishuv hozircha yo‘q.

Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovga ko‘ra, muzokaralar «konstruktiv ruhda»  o‘tgan, biroq kompromiss topilmagan, ayniqsa hududiy masalada.

«Kreml «hududlar bo‘yicha kelishuvga erishilmasdan muammoga yechim topishning imkoni yo‘q.

Tinchlikka erishish nuqtasi uzoqlashmadi – bu aniq. Ammo murosaga erishilmadi», – deydi Ushakov.

Uning aytishicha, muzokaralar davom etadi va Voshington ham, Moskva ham ishni davom ettirishga kelishib olgan.

Uchrashuvda, shuningdek, Moskva va Vashington o‘rtasidagi kelajakdagi iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilgan. O‘z navbatida, tomonlar muzokaralar mazmunini ommaga oshkor etmaslikka kelishgan.

Amerika tomoni hozircha Ushakovning ushbu iddaosiga biror rasmiy izoh bermagan.

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Fox News’ga bergan intervyusida Ukraina va Rossiya hozir 30–50 km lik hudud uchun va Donetsk viloyatining qolgan 20 foizi uchun jang qilayotganini, AQSh Ukraina uchun istiqboldagi xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilayotganini aytdi.

Rubio Ukraina iqtisodining istiqbolini ham tilga olib, mamlakat to‘g‘ri yo‘lni tanlansa, «10 yildan keyin Ukraina iqtisodiyoti Rossiyanikidan yuqori bo‘lishi mumkin»ligini ta’kidlagan.

«Amerikaning muzokaralar delegatsiyasi bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot beradi. Keyingi qadamlar shu signallarga bog‘liq», – deydi Zelenskiy.

Eslatib щtamiz, Floridadagi Ukraina–AQSh muzokaralaridan keyin Vashington Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘ygandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring