Bloomberg: Oltin narxi o‘sishi Rossiyaga Yevropada muzlatilgan aktivlar bilan teng foyda berdi
Jahon bozorida oltin qiymatining oshishi Rossiyaga katta moliyaviy foyda keltirib, Yevropada aktivlari muzlatilishi natijasidagi yo‘qotishlarning katta qismini qoplashga xizmat qildi.
Rossiya maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon oltin narxining oshishi hisobidan 216 milliard dollar foyda oldi. Bu haqda "Bloomberg" ma’lumotlariga tayangan holda RIA Novosti xabar berdi.
"Rossiya Ukrainada urush boshlanganidan beri oltin narxining keskin oshishidan katta foyda ko‘rdi, uning ko‘lami Yevropadagi muzlatilgan suveren zaxiralar bilan taqqoslanadigan darajaga yetdi", - deyiladi materialda.
Ta’kidlanishicha, Yevropada bloklangan qimmatli qog‘ozlar va pullardan farqli o‘laroq, oltin zarurat bo‘lsa hali ham sotilib, monetizatsiya qilinishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter