Pasxa sulhi tugagach, harbiy harakatlar davom etadi — Peskov
Rossiya pasxa sulhini uzaytirmaydi, urush davom etadi.
Pasxa sulhi tugaganidan so‘ng, Rossiya o‘zining «belgilangan maqsadlariga erishilgunga qadar» Ukrainadagi urushni davom ettiradi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalist Pavel Zarubin bilan intervyusida aytib o‘tdi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qaror qabul qilishi kerak (Donetsk viloyatidan qo‘shinlarni olib chiqish nazarda tutilmoqda). «Ungacha... sulh tugaganidan keyin maxsus harbiy operatsiya davom etadi», dedi matbuot kotibi.
Peskov Rossiya «barqaror tinchlik»ni xohlayotganini va bunga «bugun» tayyor ekanligini ta’kidladi. Ammo tinchlik, deb qo‘shimcha qildi u, faqat «biz o‘z manfaatlarimizni ta’minlaganimizda» boshlanishi mumkin.
Vladimir Zelenskiy avval sulh pasxadan keyin davom etishi mumkinligini aytgandi. Ukraina tomoni anchadan buyon o‘t ochishni to‘xtatishni taklif etib keladi, ammo Moskva bunga rozi bo‘lmayapti.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter