Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov yana Checheniston rahbarligiga nomzod etib ko‘rsatildi

Ramzan Qodirov yana Checheniston rahbarligiga nomzod etib ko‘rsatildi

Foto: RIA Novosti

Ramzan Qodirov bo‘lajak Checheniston rahbari saylovlarida «Yedinaya Rossiya» partiyasidan nomzod etib ko‘rsatildi. Bu qaror Grozniydagi partiyaning hududiy bo‘limi konferensiyasida bir ovozdan qabul qilindi.

Qodirovning o‘zi esa bu qarordan mamnun emasligini aytdi.

«Rostini aytsam, saylovda qatnashishimdan xursand emasman. Agar mendan so‘rashsa, boshqa nomzodni tanlagan bo‘lardim. Chunki bu juda katta mas’uliyat va qanchalik murakkab vazifa ekanini yaxshi bilaman. Respublikaga juda katta mehnat sarflandi. Bugun bizda jamoa shakllangan va u yaxshi soat kabi ishlamoqda», — dedi u.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, u saylovda majburan ishtirok etmoqda.

«Xalq meni qo‘llab-quvvatlashiga ishonaman. Agar xalq qo‘llasa, unga xizmat qilishga tayyorman», — deya qo‘shimcha qildi u.

Ramzan Qodirov 2007 yildan buyon Chechenistonga rahbarlik qilib keladi. 2021 yilda o‘tkazilgan so‘nggi rahbar saylovlarida Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, u 99,7 foiz ovoz olgan.

So‘nggi yillarda ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallarda Qodirovning salomatligi bilan bog‘liq muammolar haqida bir necha bor xabarlar tarqalgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, Checheniston rahbariga 2019 yilda oshqozon osti bezi nekrozi tashxisi qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring