Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya, Ukraina va AQSh vakillari o‘zaro uchrashadi

Rossiya, Ukraina va AQSh vakillari o‘zaro uchrashadi

Rossiya, Ukraina va AQSh vakillari BAAda o‘zaro uchrashadi. 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya, Ukraina va Qo‘shma Shtatlar delegatsiyalari 23-yanvar kuni BAADA birinchi uch tomonlama maslahatlashuvlarini o‘tkazadilar, deb e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar ikki kun davom etadi. 

«Menimcha, texnik darajada bunday uch tomonlama uchrashuv bo‘lishi yaxshi», dedi Zelenskiy Davosda Donald Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng. 

Bugun Moskvaga kelishi rejalashtirilgan AQSh prezidentining vakili Stiv Uitkoff Vladimir Putin bilan muzokaralardan so‘ng Abu-Dabiga borishini aytdi. Amerikalik muzokarachi Rossiya-Ukraina mojarosi BAAda ishchi guruh darajasida, muhokama qilinishini tushuntirdi.

Avvalroq Zelenskiy Tramp bilan uchrashgandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring