Saudiyalik 142 yoshli otaxon vafot etdi
Saudiya Arabistonining eng keksa fuqarosi Nosir al-Vadoiy 142 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Qatar Tribune.
Qarindoshlarining ma’lum qilishicha, u 1884-yilda — podshohlikka asos solinishidan avval dunyoga kelgan. Saudiya Arabistonining shu paytgacha o‘tgan barcha podshohlari davrida umrguzaronlik qildi.
Aytishlaricha, Nosir al-Vadoiy 40 martadan ko‘p Haj ziyoratini amalga oshirgan.
Uning farzand va nabiralari umumiy soni — 134 nafar. Oxirgi marta 110 yoshida uylangan va yana bir farzandli bo‘lgan, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter