Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya yevro foydasiga milliy valyutadan voz kechmoqchi

Shvetsiya yevro foydasiga milliy valyutadan voz kechmoqchi

Foto: Freepik

Shvetsiyada milliy valyuta — kronadan voz kechib, yevroga o‘tish masalasi kun tartibiga chiqdi. Bu haqda mamlakat parlamentining liberallar partiyasidan deputati Sesiliya Rennga asoslanib Bloomberg xabar berdi.

Rennning fikricha, jahonning yetakchi davlatlari o‘rtasida kuchayib borayotgan raqobat fonida kichik iqtisodiyotlarning zaifligi ortib bormoqda. Yevropa valyutasiga o‘tish Shvetsiyaga siyosiy aloqalarni mustahkamlash va Yevropa Ittifoqining valyuta masalalari bo‘yicha maslahat organlaridagi rolini oshirish imkonini beradi.

Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lgani va yevropalik hamkorlar bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni kuchaytirayotganiga qaramay, valyuta sohasidagi aloqaning yo‘qligi mamlakatni umumiy tizimdan tashqarida «bir oyog‘i» bilan qoldiryapti, deb hisoblaydi deputat. Yevro savdoni rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni kengaytirishga xizmat qilishi mumkin.

Joriy yilning yanvarida parlament a’zolari kronaning barqarorligi yuzasidan xavotir bildirishgan edi. Oxirgi o‘n yil ichida milliy valyuta o‘z qiymatining 20 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi, global iqtisodiy tangliklar va Boltiqbo‘yi mintaqasidagi beqarorlik kursning tez pasayib ketish xavfini oshirmoqda. Bundan avval ham Shvetsiyada yevroga o‘tish masalasi muhokama qilingan — 2003 yilda saylovchilar yagona Yevropa valyutasiga qarshi ovoz berishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring