Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudanda bitta qishloq butunlay ko‘chki tagida qoldi

Sudanda bitta qishloq butunlay ko‘chki tagida qoldi

Joriy yil 31-avgust kuni bir necha kun davom etgan kuchli yomg‘irdan keyin Sudan g‘arbida joylashgan Darfur mintaqasi Marra tog‘lari etagida joylashgan qishloqni ko‘chki bosib qoldi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 1000 kishi halok bo‘lgan.

Sudandagi hukmron Xalq ozodlik armiyasi BMT va xalqaro yordam agentliklariga murojaat qilib, jasadlarni tiklashda ko‘mak so‘rayapti.

Sudan rahbariyati o‘z murojaatida «falokat ko‘lami shunchalik kattaki, uni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi», deya ta’kidlaydi.

Tarasin qishlog‘ining katta qismi to‘liq tuproq ostida qolgan. Mahalliy nashrlar faqat bir kishining omon qolganini yozgan. Shuningdek, bu zamonaviy Afrika tarixidagi eng halokatli tabiiy ofatlardan biri ekani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring