Tezkor! Afg‘oniston hukumati «Tolibon»ga taslim bo‘ldi
Kobuldagi prezident saroyida uzoq davom etgan tinch muzokaradan so‘ng Afg‘oniston hukumati «Tolibon»ga taslim bo‘ldi.
Muzokarada jangarilardan tashqari Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, AQShning afg‘on yarashuvi bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod, NATOning yuqori martabali amaldorlari ishtirok etishdi.
Tolibonlar yo‘l-yo‘lakay Bagram aviabazasini ham bosib olishgan. Kobuldan 60 km. uzoqlikda joylashgan mazkur aviabaza avval AQSh tomonidan afg‘on askarlariga berilgan edi.
Shu tariqa «Tolibon» harakati butun Afg‘onistonni o‘z nazoratga olganini e’lon qildi. Yaqin soatlarda prezident Ashraf G‘ani iste’fo berib, mamlakatni tark etishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter