Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevni Anqarada Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kutib oldi

Shavkat Mirziyoyevni Anqarada Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kutib oldi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Anqara shahriga keldi.

«Esenbog‘a» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on va rafiqasi kutib oldi.

Ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Davlat rahbarlari va birinchi xonimlar qisqa uchrashuv o‘tkazdilar. Suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bugun Oqsaroy qarorgohida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralarda siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport, energetika, madaniyat, gumanitar soha va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqiladi.

Anqara shahridagi tadbirlar doirasida Xatay viloyatining Arsuz tumanida «O‘zbekiston» turar joy majmuasining ochilishi va Istanbulda o‘zbek maktabining qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosim ham bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring