Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barcha mojarolar muzokaralar bilan tugaydi, Kiyev buni qanchalik tez tushunsa, shuncha yaxshi» – Putin

«Barcha mojarolar muzokaralar bilan tugaydi, Kiyev buni qanchalik tez tushunsa, shuncha yaxshi» – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, barcha qurolli mojarolar muzokaralar bilan tugaydi va bu Kiyevga qanchalik tez ayon bo‘lsa, shuncha yaxshi bo‘ladi. Bu haqda u Davlat kengashi yig‘ilishidan so‘ng matbuotda ma’lum qildi.

«Barcha mojarolar u yoki bu tarzda muzokaralar bilan tugaydi. Biz buni hech qachon inkor qilmaganmiz. Ukrainaning bu hukumati o‘zi uchun muzokara qilishni taqiqladi. Bu g‘ayrioddiy ko‘rinadi, hatto, men buni juda g‘alati deb aytishim mumkin. Bu Kiyevga qanchalik tez ayon bo‘lsa, shuncha yaxshi bo‘ladi», – deydi Putin.

Vladimir Putin Rossiya urushini uzoq davom etishini emas, aksincha urushni tezroq tugashi tarafdori ekanligini ta’kidladi.

«Bizning maqsadimiz harbiy mojaroning g‘ildiragini aylantirish emas, aksincha urushni tugatish. Bunga intilamiz va bundan keyin ham harakat qilamiz. Buning bajarilishi qancha tez bo‘lsa, shuncha yaxshi», – dedi Rossiya rahbari.

Bundan tashqari, Rossiya prezidenti AQShning Ukrainaga berayotgan Patriot raketa tizimiga qarshi qurol bor ekanligini, bu faqat urushni uzaytirishiga sabab bo‘lishini aytdi.

«Patriot’ga kelsak, bu juda eski tizim, aytaylik, bizning S-300 kabi ishlamaydi. Ammo, shunga qaramay, bizga qarshi bo‘lganlar bu mudofaa quroli ekanini biladi. Shunchaki buni inobatga olamiz. Bu ishni behuda qilishyapti. Bu faqat mojaroni uzaytirish, tamom», – deydi Vladimir Putin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring