Eron Isroilning hujumiga «tez, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qat’iy» javob beradi — Elchi
Eronning Damashqdagi elchisi Husayn Akberining aytishicha, uning mamlakati Damashqdagi Eron konsulligi binosiga Isroil havo hujumi uyushtirganiga «tez, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qat’iy» javob qaytaradi.
Eronning IRNA rasmiy axborot agentligining xabar berishicha, Isroil qiruvchi samolyotlari yordamida Damashqdagi Eron konsulligi binosiga 6 marta raketa zarbasini bergan.
Hujum natijasida ikki nafar general hamda elchixonaning 5 nafar xodimi halok bo‘ldi.
Suriya tashqi ishlar vaziri Faysal al-Miqdod Damashqdagi hujumga uchragan Eron elchixonasi majmuasiga tashrif buyurdi.
«Begunoh odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan bu hujumni keskin qoralaymiz. Suriya Eronni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Isroilning bu hujumi G‘azodagi Falastin xalqiga qarshi urushdagi muvaffaqiyatsizligining bir ko‘rinishidir», degan Suriya vaziri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter