Donald Tramp suiqasddan keyin bayonot bilan chiqdi
Donald Tramp suiqasddan keyin bayonot berdi.
«Men AQSh Maxfiy xizmati va barcha huquq-tartibot idoralariga Pensilvaniya shtatining Butler shahrida ro‘y bergan otishmaga tezkor javob bergani uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Eng muhimi, mitingda halok bo‘lgan shaxsning oila a’zolariga hamda og‘ir jarohat olgan yana bir kishining oila a’zolariga hamdardlik bildiraman. Bu bizning mamlakatimizda sodir bo‘lishi ajablanarli.
Hozirda otishmachi haqida hech narsa ma’lum emas, u hozir vafot etgan. Menga qarata otilgan o‘q o‘ng qulog‘imning yuqori qismini teshib o‘tdi. Men nimadir noto‘g‘ri ekanligini darhol angladim, hushtak, o‘q ovozini eshitdim va darhol o‘q terini yirtganini his qildim. Og‘ir qon ketish boshlandi va keyin nima bo‘layotganini tushundim. Xudo Amerikani yorlaqasin», dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, shanba oqshomida Pensilvaniyada Donald Trampga qarshi suiqasd uyushtirildi. Siyosatchi suiqasd oqibatida yengil jarohat olgan. AQSh prezidenti Jo Bayden va qator siyosatchilar mazkur suiqasdni qoralab chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter