Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Asakada erini o‘ldirish uchun 50 ming AQSh dollariga odam yollagan ayol qo‘lga olindi

Asakada erini o‘ldirish uchun 50 ming AQSh dollariga odam yollagan ayol qo‘lga olindi

Kollaj:«Xabar.uz»

Asakada turmush o‘rtog‘ini o‘ldirish uchun odam yollagan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shu yilning 9-fevral kuni Asaka tumanidagi «Gumbaz» kafesi oldida ayol O.D. (1984 y.t., tadbirkor) fuqaro A.A. bilan ko‘rishib, turmush o‘rtog‘i A.Sh.ni (1985-y.t., tadbirkor) o‘ldirish evaziga 50 ming AQSh dollari va’da qiladi va oldindan 6000 AQSh dollari beradi.  Ma’lum vaqtdan keyin ayol «kelishuv»  hisobidan  «killer»ga tanishi J.E. orqali  2 juft sariq metaldan yasalgan ayollar bilakuzugi va 1 dona sariq metaldan yasalgan zanjir ham berib yuboradi.

Shu yilning 14-fevral kuni kech soat 22.30 atrofida tegishli organ xodimlari tomonidan maxsus tadbir tashkil etiladi. Unga ko‘ra, «yollangan» A.A. va uning tanishi J.E. ayolga «vazifa bajarilganini»  haqida xabar bergach, tomonlar Asaka shahridagi «Iris» kafesi binosida uchrashishadi. Ayni jarayonda «killer» ayolga eri o‘ldirilganligi aks etgan fotosuratni telefon apparati orqali ko‘rsatadi. O‘z navbatida ayol «eri gumdon qilingani»ga ishonch hosil qilib,  va’da qilingan pullar hisobidan tilla taqinchoqlar (ayollar zanjiri, braslet, uzuklar, sirg‘a) berayotgan paytda qo‘lga olinadi.

Ayni paytda ayol qamoqqa olingan. Unga nisbatan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan  Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish)  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring