Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanjar Mashriqiy

Xudodan so‘rab, bekor yotma! (arman xalq maqoli)

Bag‘ritosh bolalar (bo‘lgan voqea)

Bag‘ritosh bolalar (bo‘lgan voqea)

Foto: Xabar.uz

Jinoyat jazosiz qolmaydi. Har kim qilgan qilmishiga yarashasini oladi, ba’zan esa undan ham ko‘prog‘ini. Eng achinarlisi, qilgan gunohlari uchun yaqinlari ham azob tortishidir…

Oradan 9 yil o‘tib bir qotillik fosh bo‘ldi.

O‘sha ayblanuvchilardan biri bizdan ikki ko‘cha narida yashardi. Men u odamni tanir edim. Muomalasi yaxshi, elning xizmatidagi yigitlardan edi. Ikkita o‘g‘li bor…

Onam boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Bitta o‘g‘li onamning sinfida o‘qiydi. «Dadasi qamalgach, maktabga kam keladigan bo‘lib qolgan. Bolakay ozib, bir parcha bo‘lib qoldi», – deydi onam.

Bolalar toshbag‘ir bo‘lishlariga uncha ishonmasdim, ammo ular biz o‘ylaganchalik emas ekanlar. Onamning aytishicha, dadasining jinoyatiga bola tovon to‘layapti. Maktabdagi tengdoshlaridan biri «bu bolaning dadasi odam o‘ldirgan» deb baqirib yurarmish. Yana bittasi esa tutib olib, rosa uribdi: «mana dadang odam o‘ldirsa» deya.

«Bolam kelib «ona, men maktabga nima deb boraman. Hamma menga dadasi odam o‘ldirgan deb qo‘lini niqtaydi» deydi. Odamlar menga ham yomon ko‘z bilan qaray boshladi. Hech qayerga chiqqim kelmay qolgan», – deydi bolaning onasi.

Qishloq kichkina joy. Unda hamma narsa umumiy qozonda qaynaydi. Hamma bir-birini taniydi. Ammo shuni tushundimki, bizning xalq tolerant bo‘la olmaydi. O‘sha bag‘ritosh bolalar kabi.

Yaqinda qotillikda ayblanib qamalgan akaning uyi yonib ketibdi, olovda beshikdagi chaqaloq qolib ketgan. Allohning bir inoyati bilan bola bir o‘limdan qolgan.

Chiqarayotgan qarorlarimiz, qilayotgan ishlarimiz bizning yaqinlarimizga ham dahldor ekanligini unutmaylik. Zero, bittagina xato ishimiz ham butun oilamizni azobga qo‘yishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring