Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pop tumanida bir qator mansabdor shaxslar ushlandi

Pop tumanida bir qator mansabdor shaxslar ushlandi

Namangan viloyatida fuqarolarga yer maydoni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan Pop tumani o‘rmon xo‘jaligi mas’ul shaxslari va kadastr mutaxassisi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori vazifasini bajaruvchi I.K. (muqaddam sudlangan) fuqaro B.K.ga o‘rmon xo‘jaligi balansida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini 10 000 AQSh dollari evaziga shartnoma asosida ijaraga berishga kelishib, oldindan bo‘nak sifatida 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, yana bir tezkor tadbirda Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida o‘rmonbegi vazifasida ishlovchi M.S. fuqaro S.J.ning ishonchiga kirib, tuman hokimligi zaxirasidagi 20 sotix yer maydonini 30 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu yer maydonida turar-joy va  boshqa binolar qurishga tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishini va’da qilib, oldindan bo‘nak sifatida 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan so‘ng davom etgan tadbirda, o‘rmonbegi M.S. fuqarodan olgan 15 000 AQSh dollari hisobidan 500 AQSh dollarini kadastrlar palatasining Pop tumani filiali sho‘’ba mutaxassisi B.M.ga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring