Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin vasvasasi: Navoiyda oltin izlovchilar tuproq ostida qolib ketdi

Oltin vasvasasi: Navoiyda oltin izlovchilar tuproq ostida qolib ketdi

Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazish maqsadida qazilgan chuqurlikda tuproq ostida qolib ketgan uch nafar fuqaro qutqarildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, hodisa 7-iyul kuni soat 04:22 atrofida Xatirchi tumanidagi «Angidon» mahallasi, Quvray qishlog‘i tog‘ hududida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, to‘rt nafar fuqaro noqonuniy ravishda oltin qazib olish maqsadida kon hududiga borgan. Ulardan uch nafari noqonuniy qazilgan chuqurlikka tushib ketib, tuproq ostida qolgan.

Hodisa vaqtida tashqarida qolgan to‘rtinchi fuqaro zudlik bilan atrofdagilar va Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar bergan.

Qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar mahalliy aholi va hodisa haqida xabar bergan sherigi bir nafar fuqaroni chuqurlikdan chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.

FVB qutqaruvchilari voqea joyiga tezkor yetib kelib, tuproq ostida qolgan yana ikki nafar fuqaroni ham qutqarib olgan.

Qutqarilgan fuqarolarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilib, davolash muassasasiga yuborilgan.

Hodisa yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring