Ramazon oyi: Andijonning barcha hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi
Andijon viloyatining barcha tuman, shaharlari markazlarida muborak Ramazon oyi munosabati bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Joriy yil 16-fevraldagi «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ushbu muborak oy davomida bozorlardagi narx-navolar barqarorligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan savdo yarmarkalarida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzon narxlarda sotilishi yo‘lga qo‘yildi.
Yarmarkalarda sifatli va sarxil mevalar, sabzavot va poliz, shuningdek, asal, sut, tuxum, go‘sht, baliq, umuman, 60 dan ortiq turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridorlarga taqdim etilmoqda.
Andijon shahrining Markaziy hamda Yangi bozor dehqon bozorlari hududida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida xaridorlarga mol go‘shti kilosi 70-90 ming, pista yog‘i bir litri 20 ming, paxta yog‘i 18 ming, shakar kilosi 12,5 ming so‘m, guruch 10-15 ming so‘m, tuxumning donasi ming so‘m, piyozning kilosi 2 ming, sabzi 3 ming, kartoshka 4 ming so‘mdan sotilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter