Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shomurodov Turkiya chempionatidagi 14-golini kiritdi

Shomurodov Turkiya chempionatidagi 14-golini kiritdi

Turkiya Superligasi 20-turi doirasida «Istanbul Bashakshehir» o‘z maydonida «Rizespor»ni qabul qildi.

O‘yinda hisobni 19-daqiqada Eldor Shomurodov ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchi bo‘limda tomonlar bittadan gol almashishdi, yakuniy hisob — 2:2.

20 uchrashuvdan so‘ng 30 ochko to‘plagan «Bashakshehir» turnir jadvalida 6-pog‘onada boryapti, «Rizespor» esa 11-o‘rinda (20 ochko).

Terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida kiritgan gollarini sonini 14 taga yetkazib, to‘purarlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda.

Yana bir yurtdoshimiz Abbos Fayzullayev asosiy tarkibda tushirilib, maydonda 63-daqiqa harakat qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring