Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun 7ta hududda aholi orasida kasallik aniqlandi!

Bugun 7ta hududda aholi orasida kasallik aniqlandi!

Qayd etish kerakki, shu kunga qadar asosan 2-3 hududda aholi orasida kasallik chiqayotgan edi. Kasallikning tarqalish hududi ancha kengayib bormoqda.

SSV matbuot xizmatiga ko‘ra, bugun, 10-iyun kuni mamlakatimizda 103 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan karantin muassasalarida – 64 nafar, aholi orasidan (Toshkent viloyatida  – 11, Toshkent shahrida –7 , Sirdaryo viloyatida – 3, Samarqand va Buxoro viloyatlarida –2, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida – 1 nafardan) jami  27 nafar va 12 nafar xorijdan mamlakatimiz xududiga  kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasidan aniqlandi.

Foto: SSV

Avval xabar qilganimizdek, bugun 73 nafar fuqaro sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4623 nafar bemordan 3532 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda yurtimizning to‘qqiz xududidagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1072 nafar bemordan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu kungacha jami 454 119 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 407 350 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 23 157 nafar, statsionar karantinda esa 23 612 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring