AQSh fuqarolariga Eronni tark etish tavsiya etildi
AQShning Erondagi diplomatik vakolatxonasi Amerika fuqarolarini mamlakatni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Rasmiy ogohlantirishda AQSh fuqarolari Erondan chiqish rejasini oldindan tayyorlab qo‘yishi va AQSh hukumati yordamiga tayanmasligi kerakligi ta’kidlangan.
Fuqarolarga Eronni quruqlik orqali Armaniston yoki Turkiya yo‘nalishida tark etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish tavsiya etilgan.
Mamlakatni tark etish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarga xavfsiz joy topish, oziq-ovqat, suv, dori-darmon va boshqa birinchi zarurat buyumlarini zaxira qilish, shuningdek, aloqa vositalarini doimiy zaryadda saqlash maslaxat berilgan.
Eslatib o‘tamiz, bunday mazmundagi ogohlantirish oxirgi marta 2025-yil 16-iyunda e’lon qilingan bo‘lib, oradan bir necha kun o‘tib AQSh Erondagi yadroviy ob’yektlarga zarba bergan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter