Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angliyadagi xususiy maktablarda ruslar nega kamayib ketdi?

Angliyadagi xususiy maktablarda ruslar nega kamayib ketdi?

Foto: «RIA Novosti»

«So‘nggi uch yilda Angliyadagi xususiy maktablarda ruslar soni keskin kamayib ketdi», — deya xabar beradi «RIA Novosti» «Telegraph» nashri ma’lumotlariga asoslanib.

Bu holat Angliyada 1300 ta xususiy maktab faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotda aniqlandi.

Tadqiqotga ko‘ra 2015-yili Angliyadagi xususiy maktablarda 2795 nafar rus o‘quvchisi tahsil olar edi. Shu yil aprel oyida bu ko‘rsatkich 1699 tani tashkil etgan. Ya’ni Angliyadagi xususiy maktablarda o‘quvchi ruslar soni uch barobar qisqargan.

«Telegraph» gazetasining yozishicha, bunga Angliya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashuvi sabab bo‘lgan. Avvalo Rossiyaning 2016-yilda AQShda o‘tkazilgan prezident sayloviga aralashgani hamda Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani Angliyadan chiqarib yuborgani ikkala davlat o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashuviga sabab bo‘lgan.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniyada o‘tkazilgan saylovlarga aralashgani haqida hech qanday tasdiqlangan fakt yo‘qligini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring