Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bozorlarda sotilayotgan uch mahsulot sifatsiz deb topildi

Bozorlarda sotilayotgan uch mahsulot sifatsiz deb topildi

Foto: Nazorat inspeksiyasi.

Bozor nazoratida sifatsiz mahsulotlar aniqlandi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan navbatdagi nazorat xaridlari o‘tkazildi. Xarid davomida bir nechta hududlarda sifatsiz mahsulotlar aniqlanib, ularni savdodan chiqarish choralari ko‘rildi. 

Andijon shahrida Xitoyda ishlab chiqarilgan P.I.T savdo belgili PMI180-C1 rusumdagi invertorli payvandlash apparati “Texnik vositalarning elektromagnit mosligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament” talablariga nomuvofiq deb topildi. Ushbu apparatdan foydalanish metallning ortiqcha qizishiga, apparatning tez ishdan chiqishiga va payvand sifatining past bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Sirdaryo viloyatida “TMT” MChJ savdo do‘konida Xitoyda ishlab chiqarilgan “Nikura” brendli elektr choynak mahsuloti sinovdan o‘tkazilib, standart talablariga javob bermasligi aniqlangan. Mutaxassislar bu mahsulotdan foydalanish iste’molchi hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavf tug‘dirishini qayd etishdi. 

Xorazm viloyatining Urganch shahrida esa “Extrus” barashkali kraynik mahsuloti sinov natijalariga ko‘ra belgilangan standartlarga nomuvofiq ekani ma’lum bo‘ldi. Mazkur kraynik bosimga bardosh bermasligi oqibatida xonadonda suv toshishi va iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin.

Avvalroq inspeksiya haydovchilarni sifatsiz antifrizdan ogohlantirgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring