Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yil 100 ta mikro-GES qurish bo‘yicha loyihalar boshlanadi – Prezident

Bu yil 100 ta mikro-GES qurish bo‘yicha loyihalar boshlanadi – Prezident

2023-yilda 100 ta mikro-GES qurish bo‘yicha loyihalar boshlanadi. Bu haqda kecha, 10-yanvardagi videoselektor yig‘ilishida Prezident Mirziyoyev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda hududlarga sanoat jadal kirib kelayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, hudud va tarmoqlarning ishlatilmagan imkoniyat va salohiyati hali kattaligi ham qayd etib o‘tilgan.

Misol uchun, Xorazm hududiy sanoat hajmini 8,7 trillion so‘m reja qilgan bo‘lsa-da, mahalliylashtirishni kengaytirish hisobiga buni 10 trillion so‘mga yetkazish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud.

Yoki, Farg‘onada past quvvatda ishlayotgan 22 ta korxonani aylanma mablag‘lar bilan ta’minlab, qo‘shimcha 1,1 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkoni bor.

«Shu kabi, Qashqadaryoda 8 ta yirik loyihaga infratuzilma masalasi tezroq hal qilib berilsa, 800 milliard so‘mlik qo‘shimcha zaxira yaratiladi.

Namanganda to‘liq quvvatda ishlayotgan va qo‘shimcha bozori bor 51 ta korxonani kengaytirib, qo‘shimcha 290 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish mumkin.

Yoki, 2023-yilda 100 ta mikro-GES qurish bo‘yicha loyihalar boshlanadi. Bu loyihalar uchun 10 million dollarlik uskuna zarur bo‘lib, ularni mahalliy korxonalarda bemalol ishlab chiqarish imkoniyati mavjud», – dedi davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring