Bugun ba’zi hududlarda shamol kuchayadi, momaqaldiroq bo‘ladi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda deyarli yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikada ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 17-22° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 18-20° iliqgacha isiydi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter