Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugundan O‘zbekistonda elektron viza berilishi boshlandi

Bugundan O‘zbekistonda elektron viza berilishi boshlandi

Foto: «Norma.uz»

Xorijlik fuqarolarga respublikamiz hududida 30 kunlik muddatda bo‘lishlari uchun bir martalik elektron viza beriladi.

Bugun, 15-iyuldan boshlab chet elliklarga mamlakatimizga turistik maqsadlarda kelishlari uchun elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish boshlandi.

Endi xorijliklar kirish bo‘yicha sayyohlik vizasini rasmiylashtirishlari uchun O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qilishlari shart emas. Elektron viza xorijlik fuqaro uchun respublika hududida bir marotaba 30 kunlik muddatga kelishi uchun beriladi va berilgan kundan boshlab 90 kun davomida amalda bo‘ladi.

Vizani rasmiylashtirish va berish bo‘yicha murojaat u berilgan kunni inobatga olmagan holda ikki ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Berilgan elektron viza xorij fuqarosining e-visa.gov.uz tizimi rasmiy portaliga qilgan murojaatida ko‘rsatib o‘tilgan elektron pochtasiga yuboriladi.

Elektron vizani rasmiylashtirish uchun yuborilgan murojaat O‘zbekistonga kelish bo‘yicha belgilangan muddatgacha uch kundan ko‘p bo‘lmagan vaqtda amalga oshiriladi.

To‘lov xalqaro to‘lov tizimi orqali elektron ko‘rinishda bajariladi.

Turist o‘tkazish punktidan o‘tayotganda elektron vizasini qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda taqdim etadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring