Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspertlar akkumulyatori eng yaxshi «iPhone»ni aniqlashdi

Ekspertlar akkumulyatori eng yaxshi «iPhone»ni aniqlashdi

Foto: «Hypebeast.com»

Ekspertlar akkumulyatori eng yaxshi «iPhone»ni aniqlashdi. Qator sinovlarni o‘tkazib ular shunday to‘xtamga kelishdi: bu «ayfon» boshqalaridan bir yarim baravar kuchli. Bu haqda «PhoneArena» xabar berdi.

Gap yangi chiqqan «iPhone XR» haqida ketmoqda: mutaxassislar uni «iPhone 8» hamda «iPhone 8 Plus» bilan taqqoslab ko‘rishdi.

Sinovlar «iPhone XR» bir quvvat olishda o‘ta yuqori bosim bilan ishlatilganda 16 soat chidab berishini ko‘rsatgan. Faqat musiqa tinglansa u tinmay 50 soat ishlab berarkan. Ya’ni quvvati «iPhone 8 Plus»ga nisbatan bir yarim baravar ko‘p vaqtga yetadi.

«iPhone XR» oktyabr oyining ikkinchi yarmida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring