Hafta ichida 1,6 milliard so‘mlik «chiroyli» avtoraqamlar sotildi
«O‘zRTXB» AJ xabar berishicha, 2018-yilning 27-avgustidan 2-sentyabrigacha — bir hafta ichida onlayn auksion orqali 543 dona avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqamlari belgilarining umumiy summasi 1,6 milliard so‘mdan oshdi.
Raqobatli savdolar natijasida tuzilgan bitimlarning qariyb 20 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47 foizi ikkinchi va 33 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.
«Chiroyli» raqamlarga xaridorlar orasida yetakchilikni Toshkent shahri va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egallashdi — 20 foiz bitim ular bilan tuzildi. Keyingi o‘rinlarda — Samarqand va Buxoro viloyatlarining avtohavaskorlari (har birining ulushi 13 foiz).
Uchinchi o‘rinda — Farg‘ona viloyati avtohavaskorlari — 9 foiz.
Boshqa hududlarning ulushi 45 foizni tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter