Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ilon Mask bir kunda 18,4 milliardga «qashshoqlashdi»

Ilon Mask bir kunda 18,4 milliardga «qashshoqlashdi»

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask bir kunda 18,4 milliard dollar yo‘qotldi. Buni Forbes Real-Time reytingi ma’lumotlari tasdiqladi.

SpaceX asoschisining moliyaviy yo‘qotishiga Tesla aksiyalarining qulashi sabab bo‘ldi. 2023 yilning ikkinchi choragi uchun hisobot e’lon qilinganidan so‘ng, sarmoyadorlarning hafsalasi pir bo‘lgan elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniya aksiyalari deyarli o‘n foizga tushib ketdi. Kompaniyaning foydasi 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi, marja esa ko‘p yillik eng past darajaga — 18,1 foizga kamaydi.

Maskning o‘zi 13 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi Tesla kompaniyasining muvaffaqiyatsizliklarini Uorren Baffetdan iqtibos keltirib, tushuntirishga harakat qildi. Uning ta’kidlashicha, fond bozori «mast telba» bo‘lib, uning kayfiyatini oldindan aytib bo‘lmaydi.

Milliarderning boyligi qisqargani tufayli u sayyoramizning eng boy odamlari reytingidagi birinchi o‘rinni LVMH xoldingi egasi Bernard Arnoga deyarli boy berib qo‘ydi. Fransiyalik tadbirkor oxirgi 24 soat ichida 952 million dollarga boyidi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring