Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018. Eron sensatsiya qila olmadi, ammo munosib o‘ynadi (video)

JCh-2018. Eron sensatsiya qila olmadi, ammo munosib o‘ynadi (video)

Foto: «Twitter/@FIFAWorldCup»

Jahon chempionatining «V» guruhidan o‘rin olgan Ispaniya va Eron o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

Karles Keyrush shogirdlari bu bahsda favoritga qarshi sensatsiya qayd eta olmadi, ammo munosib qarshilik ko‘rsatdi.

Birinchi bo‘limda eronliklar o‘z darvozalari daxlsizligini ta’minlashni uddalashdi. Ikkinchi bo‘lim ham yomon o‘tmayotgan edi. Ammo birgina vaziyat ispanlarga ustunlik taqdim etdi. Rekoshet yordamida Diyego Kosta hisobni ochdi.

Shundan so‘ng Eron hujumga dadil o‘tdi va gol urish uchun bir nechta qulay vaziyatlarni sodir etish uddasidan ham chiqdi. Ammo bu vaziyatlar golga aylantirilmadi.

«B» guruhi, 2-tur

Eron – Ispaniya 0:1

Gol: Kosta (54)

Eron – Beyranvand, Puraligandji, Xosseyni, Rezayan, Xadjsafi (Moxammadi, 69), Ezzatollaxi, Ebraximi, Amiri (Goddos, 86), Ansarifard (Djaxanbaxsh, 74), Azmun, Taremi.

Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Karvaxal, Ramos, Buskets, Inesta (Koke, 71), Isko, Vaskes (Asensio, 80), Silva, Diyego Kosta (Rodrigo, 89).

Ogohlantirishlar: Amiri (79), Ebraximi (90).

Endi Eron hammasini so‘nggi turda Portugaliya bilan o‘yinda hal qiladi. Osiyo jamoasini faqatgina g‘alaba qoniqtiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring