Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jomboyda maktab o‘quvchilari ta’mir ishlariga jalb etildi

Jomboyda maktab o‘quvchilari ta’mir ishlariga jalb etildi

Foto:«Daryo»

Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi 28-maktabning 7—11-sinflarida tahsil oluvchi ayrim o‘quvchilar o‘z sinfxonalarini ta’mirlash ishlariga jalb qilindi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Ta’mirlashga jalb etilganlar ichida qiz bolalar ham borligi ma’lum qilingan. 

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bu voqeaga munosabat bildirgan.

«Internet saytlari orqali Jomboy tumanidagi 28-maktab o‘quvchilari maktabda olib borilayotgangan ta’mirlash ishlariga jalb etilganligi bo‘yicha murojaat e’lon qilindi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Bu haqda batafsil ma’lumot beriladi»,— deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring