Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kompromatuzb» ishi bo‘yicha tergov tugadi. «Ish» sudga oshgan

«Kompromatuzb» ishi bo‘yicha tergov tugadi. «Ish» sudga oshgan

«Kompromatuzb» ishi sud muhokamasiga yuborildi.  «Ish» keyingi haftada jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumani sudida ko‘rila boshlaydi.

Bu haqda «Ezgulik» jamiyati raisi, huquq faoli Abdurahmon Tashanov yozmoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Bosh prokuratura tomonidan tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, 4 kishi — Human.uz sayti asoschisi va muharriri Xurshid Daliyev, sobiq Mehnat munosabatlari va bandlik vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva, «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot kotibi Siyovush Hoshimov va fuqaro Ahmadullo Ahmadjonovlar mazkur ish doirasida sudda javobgar bo‘lishadi. Ular Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (tovlamachilik) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan ayblanishmoqda.

«Hozircha sud kuni belgilanmagan. Qoidaga ko‘ra, mahkamaga raislik qiluvchi sudya kompyuter dasturi bo‘yicha tasodifiy tanlanadi. Sud muhokamalarining ochiq yoki yopiq o‘tkazilishiga oid ma’lumot mavjud emas», – deydi Tashanov o‘z manbalariga tayanib.

Shuningdek, DXX Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilgan tergov harakatlari davrida jinoyat ishining boshqa ishtirokchilariga oid qismi Jinoyat protsessual kodeksi talablari asosida alohida ish yurituviga olinganini ma’lum qilgan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring