Moskvada koronavirusga chalingan bemorlarni olib ketayotgan «Tez yordam» mashinalari tiqilinchda qolib ketdi
Moskva shahrida koronavirusga chalingan bemorlarni olib ketayotgan «Tez yordam» mashinalari yo‘llardagi tiqilinchda qolib ketmoqda. Guvohlar tomonidan olingan videoda bir necha avtomobillar qator turgani va joyidan deyarli siljimayotgani tasvirlanadi.
«Tez yordam» xizmati xodimlari ham shunday holatlar uchrab turganini tasdiqlagan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra Moskvada 7882 kishi koronavirusga chalingani xabar qilingan. Shahar hokimligi barcha kasalxonalar to‘lib-toshganini tasdiqlagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter